Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mona Liza»ni sotish taklif qilindi: Fransiya koronainqirozdan chiqish yo‘llarini qidirmoqda

«Mona Liza»ni sotish taklif qilindi: Fransiya koronainqirozdan chiqish yo‘llarini qidirmoqda

Fransuz tadbirkori Stefan Distangian mamlakatni inqirozdan olib chiqish uchun afsonaviy «Mona Liza» asarini sotish kerak degan taklifni ilgari surdi. Bu haqda «Independent» yozmoqda.

«Xuddi bolalar suvga tosh uloqtirib o‘ynayotganidek, kundan-kunga koronavirus bilan kurashishga milliardlab yevro sarflayapmiz. Buning esa oxiri ko‘rinmayapti, demakki, moliyaviy inqirozning tubi yo‘q. Buncha xarajatni chiqarib olishiniyam o‘ylamasak oxiri voy bo‘ladi, nimanidir bahridan o‘tishga to‘g‘ri keladi», — dedi Distangian.

Tadbirkorning xomcho‘tlariga ko‘ra, mamlakatni inqiroz jaridan tortib olishga $50 mlrd. kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: «Mona Liza» («Jokonda») asarini Leonardo da Vinchi 1503-1505-yillarda chizgan. Ayni paytda asar Fransiyadagi Luvr muzeyida saqlanmoqda. 2005 yildan beri asar uchun alohida xona qilingan bo‘lib, o‘q o‘tmas oyna bilan himoyalangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring