Misrda yana bitta Sfinks topildi
Misrning qadimiy Luksor shahrida yo‘lni ta’mirlayotgan ishchilar yer ostida ko‘milib yotgan Sfinks haykalini topib olishdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».
Hududning qadimiy yodgorliklar boshqarmasi rahbari Muhammad Abdul Azizning aytishicha, haykalda inson qiyofasidagi sher ifodasini topgan.
Ta’kidlanishicha, bu topilma Qadimgi shohlikning IV sulolasi to‘rtinchi fir’avni (taxminan miloddan 2500 yil avval) Xefren buyrug‘i asosida G‘izo ehromlari oldida tiklangan mashhur Sfinksdan aslo qolishmaydi.
Topilmani yer yuzasiga chiqarishga shoshishmayapti. Mutaxassislar havo haroratining keskin o‘zgarishi haykalga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan cho‘chishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter