Mashhur modeler Yuber de Jivanshi vafot etdi
Fransiyaning «Givenchy» modalar uyi asoschisi Yuber de Jivanshi 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda bir qator fransuz ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.
De Jivanshi 1927-yilda tavallud topgan. Parijdagi nafis san’at maktabida tahsil olgan Jivanshi keyinroq o‘zining nomi bilan ataladigan «Givenchy» modalar uyiga asos soladi.
Shuningdek, Jivanshi an’anaviy moda uylaridan farqli o‘laroq, tayyor kiyimlar ishlab chiqargan ilk modelerlardan biri hisoblanadi.
Fransuz matbuotida marhumning qarindoshlariga asoslanib tarqatilgan xabarlarga ko‘ra u 10-mart kuni uyquda vafot etgan. Dafn marosimi juda tor doirada o‘tkazilishi belgilangan.
Yaqinlarining bayonotida aytilishicha, de Jivanshi gul va gulchambarlar o‘rniga YuNISEFga xayr-ehson qilishni afzal ko‘rgan bo‘lar edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter