Mana ma’naviyat qayerdan boshlanadi?!
Toshkent shahrining 210-o‘rta maktabida ota-onalar bolalari uchun sotib oladigan kitoblarni o‘tinni tashlab ketganday qilib tashlab ketishgan. Bu haqda «Facebook»dagi «Xalq bilan muloqot» guruhida fotopost qoldirishgan.
Post egasi shunday yozadi: «Nahotki shu darajagacha yetib kelgan bo‘lsak? Mayli, direktor yoki o‘qituvchilarning «aqli» yetmadi va indashmadi bunga, hech bo‘lmasa, haydovchi akamiz shu narsani qilishga rozi bo‘lmasalar bo‘lardi...
MA’NAVIYaT... MA’NAVIYaT deb baqirishni bilamiz ommaga chiqib, mana ma’naviyat qayerdan boshlanadi... Direktor yoki o‘qituvchida, maktabda hali rivojlanmagan MA’NAVIYaT ko‘chada o‘zidan o‘zi paydo bo‘lsinmi?!»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter