Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lazgi» YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

«Lazgi» YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Foto: Madaniyat vazirligi

Kecha, 12 dekabr kuni Kolumbiyaning Bogota shahrida YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi U.Shadiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi «Lazgi» haqida taqdimot namoyishi o‘tkazib, mamlakatimizning boy tarixi, madaniy salohiyati bilan keng tanishtirdi. YuNESKOning nomoddiy madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitasi «Lazgi»ni insoniyatning nomoddiy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga ovoz bermasdan keng konsensus asosida kiritishni ma’qulladi.

Shu tariqa, Xorazm raqsi – «Lazgi» insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida kiritildi. Shuningdek, baxshichilik san’ati hamda etnik sport turlarini mazkur ro‘yxatga kiritish bo‘yicha ish boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, shu kunga qadar YuNESKOning reprezentativ ro‘yxatiga «Boysun tumani madaniy muhiti», «Shashmaqom» (2008), «Katta ashula» (2009), «Askiya» (2014), «Palov va osh bilan bog‘liq an’ana va qadriyatlar», «Navro‘z» (2016) kiritilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring