Konsert va tomoshalar chiptalarini «qora bozor»da sotish taqiqlanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergandik.
Unga ko‘ra, ikki oy muddatda quydagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi tayyorlanadi:
— madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (keyingi o‘rinlarda – ChOYaET) joriy etish va uning ishlash tartibini belgilash;
— ChOYaETga ulangan respublika madaniyat va san’at muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalanish;
— elektron chiptalarni chipta apparatlari va avtonom bosma uskunalardan foydalanib, elektron chiptalarni, shu jumladan chipta tarqatuvchi yuridik shaxslar tomonidan vositachilik shartnomalari asosida erkin muomalaga chiqarish va realizatsiya qilish uchun huquqiy asoslar yaratish;
— elektron chiptalar rekvizitlariga, shuningdek, madaniyat va san’at muassasalarining elektron chiptalarni muomalaga chiqarish, hisobga olish va tasdiqlash uchun foydalanadigan moddiy-texnik bazasiga eng kam talablarni joriy etish;
— ChOYaET doirasida chiptalarni realizatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalarni himoya qilishga, chiptalarni keyinchalik balandroq narxda qayta sotish uchun yoppasiga sotib olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir choralarga eng kam talablarni joriy etish;
— ChOYaET doirasida chiptalarni sotishdan tushgan tushumdan ChOYaETni saqlash, shuningdek, Renovatsiya dasturida va «Yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamg‘armaga yuboriladigan yig‘im joriy etish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter