Kinoteatrlarda filmlar namoyishi cheklanadi
Endi kinoteatrlardagi filmlar namoyishi Respublika kinoprokat markazi huzuridagi Metodik kengash tavsiyasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
19-avgust kuni hukumat qabul qilgan qarorda davlat va xorij kinolari distributsiyasini amalga oshirish Respublika kinoprokat markaziga topshirilgan.
Markazning asosiy majburiyatlaridan biri zo‘ravonlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi, O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri axborot tarqatish, uning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarini buzib ko‘rsatuvchi filmlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Qaror bilan yana quyidagi nizomlar ham tasdiqlangan:
- Davlat buyurmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi;
- Xalqaro kinofestivallar va kinobozorlarga yuborish uchun eng yaxshi milliy va hamkorlikdagi filmlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter