Kinematografiya agentligining yil sarhisobi bo‘lib o‘tdi
![Kinematografiya agentligining yil sarhisobi bo‘lib o‘tdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/3/720_460_95_2388708678.jpg)
Kinematografiya agentligining bir yillik faoliyati bo‘yicha yil sarhisobiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Unda yil davomida, xususan «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivalini tashkillashtirish va xalqaro festivallar darajasida o‘tkazishda Kinematografiya agentligiga yaqindan ko‘mak bergan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Markaziy apparati xodimlari, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, agentlik va tizim tashkilotlari xodimlari kinoijodkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari tantanali ravishda taqdirlandi. Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, «Ipak yo‘li durdonasi» XIII Toshkent xalqaro kinofestivalida o‘tkazilgan tadbirlar, ijodiy loyihalar va natijalar bo‘yicha videoroliklar namoyish etildi.
Marosim davomida yig‘ilganlarga shou-konsert, taniqli yulduzlar va kinoijodkorlar ishtirokidagi namoyishlar, yil yil bayrami tabriklari taqdim etildi.
Kechki dasturda, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik kinostudiyasi» DUK tomonidan suratga olingan «101 reys» badiiy filmining yopiq namoyishi bo‘lib o‘tdi. Film ijodkorlari ham tashrif buyurdi.
Namoyishga, OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar, «O‘zbekiston havo yo‘llari» tizimi xodimlari va yoshlar taklif etilgan.
«101 reys» kinokartinasi 2001 yil 11 sentyabr kuni mash’um terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida parvoz qilgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyoti ekipaj a’zolarining favqulodda jasorati to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Akrom Shohnazarov, ikkinchi rejissyor Go‘zal Yusupova, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher To‘laboyev.
Filmda bosh qahramon rolini marhum aktyor Hoshim Arslonov ijro qilgan. Rollarda Umid Iskandarov, Samiddin Lutfullayev, Lola Eltoyeva, Nigina Anorboyeva, Bahora Arslonova, Erkin Bozorov va boshqalar ishtirok etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter