Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kemeron Spilbergga qarshi: «Oltin globus» g‘olibligiga nomzodlar e’lon qilindi

Kemeron Spilbergga qarshi: «Oltin globus» g‘olibligiga nomzodlar e’lon qilindi

Gollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi (HFPA) «Oltin globus» mukofotiga nomzodlar nomini e’lon qildi. «Oltin globus»ning 80-taqdirlash marosimi 2023-yilning 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

«Oltin globus» mukofoti har yili yanvar oyida topshiriladi. G‘oliblarni Gollivudda yashovchi 90 nafar xorijlik jurnalist aniqlaydi. Amerika kinosanoatida nufuzi bo‘yicha «Oskar»dan keyingi mukofot sanaladi.

Turli yo‘nalishlarda g‘oliblikka nomzodlar

«Eng yaxshi dramatik film»:

  • «Avatar: Suv yo‘li» (rej. Jeyms Kemeron)
  • «Fabelmanlar» (Stiven Spilberg)
  • «Elvis» (Baz Lurman)
  • «Tar» (Todd Fild)
  • «Top Gan: Meverik» (Jozef Kosinski).

«Eng yaxshi komediya yoki film»:

  • «Bobil» (Demen Shazell)
  • «Inisherin farishtasi» (Martin Makdonax)
  • «Barchasi har joyda va bir yo‘la» (Den Kvan va Deniel Shaynert)
  • «Sirli pichoq: Shisha piyoz» (Rayan Jonson)
  • «Qayg‘u uchburchagi» (Ruben Estlund).

«Eng yaxshi rejissyor:

  • Jeyms Kemeron
  • Stiven Spilberg
  • Den Kvan va Deniel Shaynert
  • Baz Lurman.

«Eng yaxshi teleserial»:

  • «Toj»
  • «Ajdaho uyi»
  • «Ayiq»
  • «Uensdey»
  • «Makkorliklar»
  • «Oq nilufar» va boshqalar.

Filmlar orasida eng ko‘p nominatsiyalarga taqdim etilganlari:  Martin Makdonaxning «Inisherin farishtasi» (8 nominatsiya), Den Kvan va Deniel Shaynertlarning «Barchasi har joyda va bir yo‘la»si (6), shuningdek, Demen Shazellning «Bobil»i va Stiven Spilbergning «Fabelmanlar»i (5 tadan nominatsiya).

Seriallar orasida eng ko‘p nominatsiya (5) «Ebbot» boshlang‘ich maktabi»da.

«Oltin globus» marosimiga amerikalik komik, aktyor va rejissyor Jerrod Karmaykl boshlovchilik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring