Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kechirasizlaru — u ruhan nosog‘lom edi» — Madaniyat vaziri marhum aktrisa haqida

«Kechirasizlaru — u ruhan nosog‘lom edi» — Madaniyat vaziri marhum aktrisa haqida

Bugun, 27-noyabr kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy kasallikka chalinishiga teatr sabab bo‘lmaganini aytib o‘tgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Vazir madaniyat muassasalari, xususan, teatrlarda yaratilgan sharoitlar, xodimlarning ish haqlari miqdorlari bosqichma-bosqich oshirilayotgani haqida to‘xtalayotib, aktrisa Gavhar Sharipova o‘limi atrofida tarqalgan gap-so‘zlarga ham munosabat bildirgan.


Mavzuga oid: 12 yildan buyon ijarama-ijara yurgan aktyor gastarbayterlik qilsinmi?


«Bugun o‘qib qoldim: «Men ham Gavhar Sharipovadek o‘lib ketsam kerak», «U qiynaldi» va boshqa-boshqa gaplar. Aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy kasallikka tushib qolishiga teatr yoinki atrof-muhit sabab emas. Men buni ochiq aytaman. «Anaqa bo‘ldi, unaqa bo‘ldi», deb yozishibdi... Keyingi vaqtlarda necha marta «O‘zbekkonsert»ga ham borgan, bizga ham kelgan, kechirasizlaru — u ruhan nosog‘lom edi», — deya vazir Baxtiyor Sayfullayevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Daryo» muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, aktrisa Gavhar Sharipova 19-noyabrga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring