Sobiq madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev vafot etdi
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi.
U bir muddat Toshkent Madaniyat institutining rektori, 2017-2020 yillarda esa madaniyat vaziri lavozimlarida ishlagan. 2020 yildan buyon senator sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Xabar.uz marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter