Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Juliya Roberts 20 yillik tanaffusdan so‘ng qaytmoqda

Juliya Roberts 20 yillik tanaffusdan so‘ng qaytmoqda

Foto: «Alamy.com»

Romantik komediyalarda suratga tushmay qo‘yganiga 20 yil bo‘lgan Gollivud yulduzi Juliya Robertsga nihoyat yangi rol topildi. «Jannatga chipta» romantik komediyasida u bilan birga Jorj Kluni suratga tushadi.

Juliya Roberts — jahondagi eng qimmat aktrisalardan biri. Suratga tushgan filmlari jahon prokatida 2 milliard dollardan ziyod pul keltirgan. Uni tanitgan filmlar esa romantik komediyalar — «Eng yaxshi do‘stimning to‘yi», «Notting-Hill» va boshqalar.

«New York Times» bilan suhbatda 54 yoshli aktrisa nega shuncha paytdan beri romantik komediyalarda ko‘rinmay qolganini izohladi. Shunchaki pichoqqa ilinadigan ssenariyga duch kelmagan...

Qolaversa, uch farzandga ona bo‘lganidan so‘ng aktrisa kinodan ko‘ra ro‘zg‘or yumushlaridan, farzandlar tarbiyasidan ko‘proq zavq olishni boshlagan.

«Uyda o‘z oilam bag‘rida ekanim, uy bekasi ekanim menga katta faxr bag‘ishlaydi», — dedi aktrisa.

Biroq endi bolalar ulg‘aydi, onasi qanaqa ijodkor ekanini ham bir ko‘rib qo‘yishsin, qo‘shimcha qildi Juliya Roberts.

Juliya Roberts 2002-yilda operator Deniyel Moderga turmushga chiqqan. 2004-yilda qiz-o‘g‘il egizaklari — Hezel va Finneas, 2007-yilda yana bir o‘g‘il farzand — Genri dunyoga kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring