Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jerar Deparde Brejnevni o‘ynaydi

Jerar Deparde Brejnevni o‘ynaydi

Foto: «Dom kino»

Jerar Deparde KPSS MQ bosh kotibi, Sobiq ittifoq Oliy kengashi prezidiumi raisi Leonid Brejnev rolini o‘ynaydi, deb xabar berdi «Kp.ru». Filmni xorvat rejissyori Lordan Zafranovich suratga olmoqda.

Rus pasportiga ega taniqli fransuz aktyori kinoda suratga tushishga ko‘ngani haqida film prodyuseri Andrey Antonio Leka «Frekvencye 1» radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kinoasar Chexoslovakiyada 1968-yili sodir bo‘lgan, «Praga bahori» deya nom olgan voqealarga bag‘ishlangan, unda Chexoslovakiya kompartiyasi yetakchisi Aleksandr Dubchek, mamlakatda boshlangan ijtimoiy-siyosiy islohotlar haqida gap boradi. Bu islohotlar boshqa sotsialistik mamlakatlar rahbarlariga yoqmagan, ular bunda butun blok uchun tahdidni ko‘rishgan. Va 1968-yilning 21-avgustida Sobiq ittifoq, GDR, Polsha, Vengriya va Bolgariya o‘z qo‘shinlarini Chexoslovakiyaga kiritgan.

Aytilishicha, bosh rol — Aleksandr Dubchekni dunyoga mashhur aktyor o‘ynashi kerak, ammo hozircha u bilan bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Antonio Leka kino budjeti 10 mln. yevrodan oshishi, premerasi esa 2022-yildan keyin bo‘lishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring