Jerar Deparde yosh aktrisaga zo‘ravonlik qilishda ayblanmoqda
Fransiya prokuraturasi aktyor Jerar Depardeni yosh aktrisaga jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblamoqda. Bu haqda «France24» xabar berdi.
Gap 2018-yil avgust oyida Depardening Parijdagi kvartirasida sodir bo‘lgan voqealar haqida ketmoqda. Jabrlanuvchining ismi oshkor qilinmadi.
Mashhur aktyorning advokati «France-Press»ga tergov olib borilayotganini tasdiqladi, ammo Deparde barcha ayblovlarni rad etgan. Prokuratura hatti-harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir bo‘lib qolmoqda.
Ikki yil oldin aktyorning advokati ushbu ayblovlarga quyidagicha javob qaytargandi: «Jerar Deparde hayratda».
Fransiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, aktrisa Deparde ustidan shikoyat bilan 2018- yil avgust oyi oxirida murojaat qilgan. 2019-yilda Parij prokuraturasi tergovni yopdi, ammo 2020- yilda qayta ish ochilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter