Ichan qal’ada O‘zbekistonda ilk bor sayyohlar uchun sahnalashtirilgan teatr tomoshalari tashkil etila boshlandi
Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, turizm sohasida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning sayohat paytida madaniy dam olishlari uchun sharoit yaratish, o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk siymolarni qiyofasini gavdalantirish, bu orqali sayyohlarni qadim o‘tmishimiz va urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida sahnalashtirilgan teatr tomoshalari tashkil etila boshlangan.
“Buyuk ipak yo‘li” teatr jamoasi tomonidan 50 ga yaqin mahoratli aktyorlar ishtirokida Ko‘hna Ark majmuasi hududida Xorazm tarixida yashab o‘tgan xonlar, shoirlar, yozuvchilar va buyuk siymolar obrazlari jonli dekoratsiya tarzida sayyohlar ko‘z o‘ngida namoyish etilmoqda.
Jumladan, Muxammad Raximxon Feruzning tahtga o‘tirishi va xalq olidida qasamyod qilishi, folklor-etnografik ansambllar ishtirokida "Xon bazmi", Xorazm milliy qo‘shiqlarining jonli ijrosi, lazgi raqsi, hamda shu kabi sahna tomoshalari sayyohlarga namoyish qilindi.
Ushbu teatr tomoshalari endilikda “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida har kuni namoyish qilinadi,- deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter