«Yevrovideniye 2018»da kim g‘olib bo‘ldi? (video)
12-may oqshomida «Yevrovideniye 2018» qo‘shiqlar tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda isroillik Netta Barzilay o‘zining «Toy» qo‘shig‘i bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Yevrovideniyening bu yilgi finali Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tdi. Grand-finalda Yevropaning 26 davlatidan ijrochilar ishtirok etdi.
Ushbu tanlovda Netta Barzilay raqiblaridan yaqqol o‘zib ketdi va g‘olib bo‘ldi. Quyida uning ijrosidagi qo‘shiqni tinglashingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter