Deputat: san’atkorlarga soliq imtiyozi bekor qilinishi kerak
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Xabar.uz»da e’lon qilingan «Nega xonandalarning xizmat haqi buncha qimmat?» sarlavhali maqolaga munosasabat bildirdi.
«Ochig‘i bu ko‘pchilik san’atkorga yoqmaydi-yu, biroq ularga soliqlardan berilgan imtiyozlarni bekor qilib qat’iy daromad solig‘ini joriy etish vaqti keldi. Shunda adolatli bo‘lardi. Sababi ishdan arang ortib 4 yil mehnat qilib ozgina (bir yarim million) gonorar olsang ham 22 foizlik qat’iy soliq ushlab qolinsa-yu bular bitta to‘ydagi yarim soatlik mehnat uchun 25 million so‘m olsa, yana hech bir soliqlarsiz.
San’atkorlarning oddiy ishchi fuqarolardan ortiq nimasi bor? Shox ko‘rmayapmiz ularda. Nima bo‘lganda ham hech kim xalqdan ortiq darajada soliq imtiyoziga ega bolishga haqli emas. Xalq uchun muqaddas bo‘lgan soliq qolganlar uchun ham muqaddas va qat’iy bo‘lmog‘i lozim. Bu bo‘yicha Soliq kodeksiga taklif kiritamiz», — deya yozadi deputat o‘zining «Facebook»dagi sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter