«Bravo» jamoasi taqdiri shu oyda hal bo‘ladi. «O‘zbekkonsert» jamoani ogohlantirgan
«O‘zbekkonsert» direktori Odiljon Abduqahhorov bugun, 8-fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oxirgi konsertidan so‘ng turli tortishuv va munozaralarga sabab bo‘lgan «Bravo» jamoasi masalasiga ham to‘xtaldi.
«Jamoaning oxirgi konsertida ssenariydan chiqish holati kuzatildi. Bizning kengash ruxsat bermagan o‘rinlar aynan konsertning birinchi kunida sahnaga olib chiqildi. Bu ish yuzasidan biz ularni chaqirib, rasman ogohlantirish berdik. Lekin aynan birinchi kun ruxsat etilmagan joylar ijro etilgan konsert disklari tarqalib ketdi», dedi Abduqahhorov.
Direktorning aytishicha, fevral oyi yakunida «O‘zbekkonsert» kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda «Bravo» jamoasi litsenziyasini olib qo‘yish, qoldirish yoki ogohlantirish berish masalasi ko‘riladi.
Avvalroq «O‘zbekkonsert» direktori O‘zbekistonda yakkaxon konsert dasturlari bosqichma bosqich jonli ijroga o‘tishi haqida gapirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter