Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Berlin-Oqqo‘rg‘on» Zulfiqor Musoqovning so‘nggi filmi bo‘ladi. U rejissyorlikdan ketishga qaror qildi

«Berlin-Oqqo‘rg‘on» Zulfiqor Musoqovning so‘nggi filmi bo‘ladi. U rejissyorlikdan ketishga qaror qildi

Foto: «Xalq so‘zi online»

«Xalq so‘zi online» nashri taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqovdan intervyu oldi. Suhbat davomida Musoqov o‘zi suratga olayotgan «Berlin-Oqqo‘rg‘on» filmi va rejissyorlik faoliyatiga oid savollarga javob qaytargan.

Musoqovning aytishicha, O‘zbekiston, Germaniya va Rossiyada suratga olinayotgan film ssenariysini o‘zi ikki yilda yozgan. Unda bosh rolni «FOCUS» san’at maktabining aktyorlik bo‘limi talabasi Hasan Shuhratov o‘ynagan. Bu — uning ilk roli.

Foto: «Xalq so‘zi online»

Aynan unda ko‘tarilgan mavzu tufayli, ya’ni bobolarimizning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabasi sharofati bilan hammamiz shu yerda o‘tiribmiz, ular ota-onalarimizning hayotini saqlab qolishgan. Gapning ochig‘i, shaxsan meni inson,fuqaro va ijodkor sifatida ba’zi odamlarning ehtiyotkor,konfet qog‘oziga o‘rab  «bu mavzu hozir kerakmi?» degan savolining o‘zi juda qattiq ranjitadi. Har galgiday, aytayotgan gaplarim havoga gapirganday bo‘lib qolishi ma’lum.

Lekin baribir gapirishim kerak. Bu ssenariyga qarshi bo‘lgan odamning umuman san’atga aloqasi yo‘q. Pozitsiyasi temir-betonday qotib qolgan. Nimalarga aloqasi borligi - alohida mavzu. Kerak bo‘lsa, boshqa vaqt men bu haqda bafurja gapirib berishim mumkin. Shaxsan menda bitta insoniy va ijodiy pozitsiya bor. Rahmatli Malik Qayumov aytgandilar, «Sen tajriba orttirib, o‘nta filmdan keyin, albatta, o‘zbeklarning urushdagi jasoratini ko‘rsatgin» degan edilar...Balkim shuning uchun «Vatan» va «Qo‘rg‘oshin» filmlari  tug‘ilgandir. Har bir millat, har bir xalqning tarixida eng ko‘p qurbon bo‘lgan zamonlar bo‘lgan. Vatanimizda na Iskandar Zulqarnayn, na Chingizxon paytida, na «inqilob» zamonlarida qurbon bo‘lganlar sonini Ikkinchi jahon urushida qirilib ketganlarga na nisbiy,na foizli va na umumiy jihatdan tenglashtirib bo‘lmaydi: 475 ming 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va shular sonidan 2 foizga teng xotin-qizlar nobud bo‘ldi. Mening enam Mayram buvining 24 sinfdoshidan birortasi qaytib kelmagan, 4,5 million aholidan 1,5 million odam majruh — ko‘r, oyog‘i yoki qo‘li yo‘q nogiron bulib qaytishdi...

Zulfiqor Musoqov

Rejissyorning aytishicha, film nomi u tug‘ilib o‘sgan joy bilan bog‘liq. «Chunki ota-onamning tug‘ilib o‘sgan joylari Toshkentdan 55 chaqirim narida Oqqo‘rg‘onda, u yerda bobom,enam va otamning qabrlari bor», — dedi Musoqov.

Foto: «Xalq so‘zi online»

Suhbat davomida Zulfiqor Musoqov ushbu film uning so‘nggi rejissyorlik ishi ekanini aytgan.

Bu gapni birinchi bor «Achchiq choy» ko‘rsatuvida aytuvdim... Har bir ijodkorning o‘z yo‘li bor. Juda katta jismoniy va asabiy kuch talab qiladigan amaliy rejissuradan sportchilarga o‘xshab o‘z vaqtida,obro‘si bor vaqtda ketish kerak...Bu tabiiy jarayon. Qarigan chog‘ida muxlislar oldida sharmanda bo‘lish kerakmi? Xudoga shukr, ozmi-ko‘pmi, suratga olgan bir nechta filmlarim odamlarning  yuragidan joy olibdi. Bu baxt emasmi? Ssenariylar yozaman. Bunday to‘xtamga kelishimning ikkinchi sababi — aynan kino sohasidagi bugungi noprofessional muhitni men o‘zimga hech singdira olmayapman...

Zulfiqor Musoqov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring