Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxshichilik festivali. Termiz aeroportida xorijlik san’atkorlar kutib olindi (foto)

Baxshichilik festivali. Termiz aeroportida xorijlik san’atkorlar kutib olindi (foto)

Bugun tunda dunyoning turli nuqtalaridan san’at ahli Termizga yetib keldi. Mehmonlarni aeroportda kutib olish marosimi esa salkam to‘yga aylanib ketdi.

Bir tomonda Yevropa, boshqa tomonda janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari vakillari Termiz aeroportida jam bo‘lishdi. San’atkor xalqi bor joyda esa albatta hirgoyi ham bo‘ladi. Aeroportning kutib olish joyida yaponcha, nemischa, inglizcha va yana bir qancha tillarda qo‘shiq kuylangan bo‘lsa, tashqarida karnay-surnay sadolari quloqni qomatni keltirdi.

«Tashqarida manzara shunchaki dahshat», – aeroportga qaytib kirgan mehmonlardan biri sheriklariga hovliqib gapirdi inglizchalab. Qolganlar ham shosha-pisha tashqariga otlanishdi. Biz ham chiqdik. Rostan ham, manzara shunchaki go‘zal.

Ertaga esa bundan-da go‘zal bo‘lishi kutilyapti. Chunki festival boshlanadi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring