Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Arxeologlar Misrda ikkita noyob topilmaga duch kelishdi

Arxeologlar Misrda ikkita noyob topilmaga duch kelishdi

Fir’avn qiyofali sfinkslardan biri.

Foto: Misr turizm va qadimiy ashyolar vazirligi

Germaniya-Misr tadqiqotchilar guruhi g‘arbiy Luksordagi Amenxotep III qadimiy ibodatxonasida bir juft ulkan sfinks (haykal) bo‘laklarini topishdi.

Arxeologlar fir’avnlar sag‘anasi, Amenxotep III sharafiga tiklangan ikki yodgorlik haykali hamda Memnon haykallarini restavratsiya qilish chog‘ida noyob topilmaga duch kelishdi: ohakdan ishlangan haykallar yarmigacha suvga cho‘kkan edi.

Sfinkslarning uzunligi salkam 8 metr chiqadi. Ularda qadimiy hukmdor shohona bosh kiyim — nemes, marosimbop qirrador soqol hamda keng bezakli yoqa — usexda tasvirlangan.

Misr turizm va qadimiy ashyolar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, restavratsiya chog‘i sfinkslardan birining ko‘krak qismida «Amon-Raning suyuklisi» yozuvi ko‘zga tashlangan.

Ma’lumot uchun: Amenxotep III — miloddan avvalgi 1390–1353-yillarda Misrni boshqargan fir’avn, XVIII sulola vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring