O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Anvar Ergashev vafot etdi

Taniqli kompozitor va dirijyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, «O‘zbekkino» milliy agentligi Badiiy kengashi a’zosi Anvar Ergashev vafot etdi.
Anvar Ergashev Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori va Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik teatri badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
50 dan ortiq badiiy va musiqiy filmlar, spektakllar bastakori, ko‘plab qo‘shiq hamda musiqalar muallifi.
Uning kinodagi ishlari sirasiga «Yulduzimni ber, osmon», «Bomba», «Sharif va Ma’rif», «Osmondagi bolalar», «Alanga ichidagi farishta», «Oq bino oqshomlari», «Uch qirol jangi», «Oyi» filmlari kiradi. Yetuk kompozitorning so‘nggi ishi bir necha oy oldin premerasi bo‘lib o‘tgan «101» kinoasari edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter