Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktyor Bahrulla Rahimov vafot etdi

Aktyor Bahrulla Rahimov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Samarqand viloyat musiqa va drama teatrining yetakchi aktyori Bahrulla Rahimov 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bahrulla Rahimov 1959-yil 10-aprelida Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan.

1976-1980-yillarda Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’at institutining «Drama va kino aktyorligi» mutaxassisligini tamomlagan.

Bahrulla Rahimov teatrdagi 43 yillik mehnat faoliyati davomida Zindonbon va Darvesh («Ulug‘bek»), Amir Nasrulloh («Nodirabegim»), Amir Temur («Samarqandnoma»), Behbudiy («Behbudiy»), Sulayxiy («Imom Buxoriy»), Aleksandr Makedonskiy («Quyosh farzandi Spitamen»), Avaz («Bir o‘lib ko‘raychi»), Edip («Edip»), Shayxulislom va Temurning arvohi («Mirzo Ulug‘bek»), Odam ato («Qobil ila-Hobil»), Bobo («Ko‘chki»), Graf Gloster («Qirol Lir») kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.

Marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring