90-yillar yulduzi og‘ir dard bilan kurashyapti
90-yillar estrada yulduzi Andrey Gubin asab tizimidagi xastalik azobini tortmoqda. Shu kasalligini deb Moskvadagi xonadonida ham tinch yashay olmayapti.
«Avvaliga butun domda kapital ta’mirlash va’da qilingan besh oy o‘rniga sakkiz oyga cho‘zildi. So‘ngra beshta xonadon to‘rt yil tinmay ta’mirlandi, bolg‘alarning ovozi to‘xtamadi. Asablarim bardosh bermadi», — xonandadan iqtibos keltirdi «Woman.ru».
Gubin tinch joy qidirib ijarada yashab yuribdi, yozda Misrga ketmoqchi.
Xabarga ko‘ra, o‘tgan yil oxirlarida Andrey Gubin hayotdan to‘yganini ma’lum qilgandi. Hammasiga butun tanada og‘riq qo‘zg‘atuvchi chap tomonlama prozopalgiya — nevrogologik xastalik sababchi. Xonandaning tishlar ham to‘kilishni boshlagan.
Andrey Gubin 30-aprel kuni 48 yoshini qarshilaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter