Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

110 yil muqaddam kaptar tushirib qo‘ygan nemis zobitining maktubi topildi

110 yil muqaddam kaptar tushirib qo‘ygan nemis zobitining maktubi topildi

Foto: «Deutsches Bundesarchiv»

110 yil oldin pochtachi kaptar yo‘qotib qo‘ygan nemis armiyasi zobitining maktubi Fransiyaning Elzas hududida topildi, deya xabar berdi mahalliy muzey xodimi Dominik Jardi.

Alyumin kapsuladagi xatni sentyabrda Ingersaym kommunasida sayr qilib yurgan juftlik tasodifan topib olishgan. Ular topilmani Orb shahrida joylashgan Lenj dovoni jangidagi yodgorlik muzeyiga topshirishgan. Kapsulaning ichida nemis tilida yozilgan qo‘lyozma matni bo‘lgan.

«Bunday topilma favqulodda noyob hisoblanadi. Muzeydagi 40 yillik faoliyatim davomida bunday topilmani ko‘rmagandim», — deya Frans Press agentligi 1915-yilda Vogez tog‘i orqali o‘tgan dovonni egallash uchun bo‘lib o‘tgan jang yodgorligi xodimining so‘zlarini keltiradi.

Garchi matnli qog‘oz yaxshi saqlangan bo‘lsa-da, gotika yozuvini tushunish qiyinchilik tug‘dirdi. Maktubni Jardining germaniyalik hamkasblaridan biri o‘qishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, xat 1910 yil iyulda piyoda polk zobiti tomonidan o‘z boshlig‘iga yuborilgan bo‘lib, o‘sha paytlari Germaniya imperiyasi tarkibiga kirgan Elzas hududidagi harbiy harakatlar bilan bog‘liq.

Ushbu maktub jami to‘rt nusxada yuborilgan bo‘lib, 2020-yilda topilgan nusxasini kaptar qandaydir sabablarga ko‘ra tushirib qo‘ygan.

Maktub allaqachon yodgorlikdagi maxsus germetik vitrinaga joylangan. Uning yonida 110 yil muqaddam xatni yozgan zobit xizmat qilgan o‘sha polk kiyimidagi pruss zobitining manekeni turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring