«101 reys» filmining maxsus namoyishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda «101 reys» filmining maxsus namoyishi o‘tkazildi.
Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Yoshlik» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.
Namoyishda Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi direktori Ma’ruf Muxtorov hamda «Yoshlik» kinostudiyasi direktori Anvar Madraimov so‘zga chiqishdi. So‘ng, sahnaga film ijodkorlari taklif etildi.
«101 reys» filmida 2001 yil 11 sentyabr kuni mash’um terakt tufayli Toshkent-Nyu-York yo‘nalishida parvoz qilgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyoti ekipaj a’zolarining jasorati to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Akrom Shohnazarov, ikkinchi rejissyor Go‘zal Yusupova, postanovkachi operator Dilmurod Turdiboyev, rassom Alisher To‘laboyev.
Shuningdek, Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha telekanallarida «Bir kunlik to‘y», «Hayot afsunlari», «Orzular qanotida» badiiy filmlari, «Inson», «Covid-19: sinovli kunlar» kabi hujjatli filmlarning milliy televizion namoyishlari ham bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter