«101-reys» filmining bosh rol ijrochilari ma’lum bo‘ldi

«O‘zbekkino» MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbayev tomonidan «101-reys» filmi suratga olinayotgani haqda xabar qilgan edik. Ayni damda filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari nihoyasiga yetdi.
Film prodyuseri Ravshan Norbayev «101-reys» filmida asosiy rollarni ijro etadigan aktyor va aktrisalarning suratlarini taqdim etdi.
Film axborot xizmatining ma’lum qilishicha, «101-reys» badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli Boyeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.
Film postanovkachi rejissyor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter