Yurtimizga kovidga qarshi vaksina olib kelinishi kutilmoqda
O‘zbekistonga GAVI (Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans) tashkiloti tomonidan koronavirusga qarshi emlash uchun vaksina mamlakatimizga olib kelinmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston GAVI tashkilotining COVAX dasturiga a’zo davlatlar qatoriga kiradi. Shu bois, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga COVAX dasturi doirasida AstraZeneca vaksinasi yetkazib berilmoqda.
Vaksinaning birinchi qismi 16-martdan 17-martga o‘tar kechasi Toshkent xalqaro aeroportida qabul qilib olinadi.
2021-yil 5-mart kuni GAVI tashkiloti tomonidan yetkazilgan shprits va xavfsiz utilizatsiya qutilari taqsimot asosida joylarga tarqatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter