Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Yosh ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli M.O. (ayol)ning joriy yilning 22-iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, u uy sharoitida davolanib yurgan.

SSV xabariga ko‘ra, bemor ahvoli og‘irlashib, 4-iyul kuni tibbiyot xodimlariga murojaat qilganidan so‘ng, undan «COVID-19»ga namuna olingan va infeksiya bilan kasallanganligi tasdiqlangan. Unda ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

Bemor davolanish jarayonida mutaxassislar tomonidan bir necha marta konsultatsiya qilingan, unga tasdiqlangan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli u sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion choralarga qaramasdan bemorning holati keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Biroz avval koronavirusga chalingan poytaxtlik bemor vafot etgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring