Yaqin soatlar ichida faqat Toshkent viloyatida koronavirus holati qayd etildi

2020-yil 4-oktyabr soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 58 687 (+75) nafarni tashkil etmoqda.
SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining barcha 75 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 246, Toshkent viloyatida 101, Jizzax viloyatida 27, Sirdaryo viloyatida 24, Namangan viloyatida 18, Samarqand viloyatida 17, Andijon viloyatida 15, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8, Qashqadaryo viloyatida ham 8 nafar bemor tuzaldi.
Shu tariqa yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 281 (+427) nafar fuqaro (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2 887 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter