Yaponiyada basseynlarda foydalanish uchun niqob o‘ylab topishdi
![Yaponiyada basseynlarda foydalanish uchun niqob o‘ylab topishdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3428804400.jpg)
«Asaxi» xabariga ko‘ra, Yaponiyada basseynlarda taqiladigan niqob ixtiro qilindi. Shaffof materialdan yasalgan niqob yuzning pastki qismini yopib, bemalol suzish imkonini beradi, yuzdan sirg‘alib tushib ketmaydi, suvda namiqmaydi.
Ta’kidlanishicha, yangi turdagi niqobga talab yuqori. Chunki 1-iyundan mamlakatdagi basseynlar ochilishni boshladi.
Basseynlar suvi tarkibidagi yuqori miqdordagi xlor infeksiyani yuqtirish xavfini kamaytirishiga umid qilishmoqda, biroq bolalar bo‘limida, ular bevosita murabbiy bilan muloqotda bo‘lgani uchun, xavf ehtimoli yuqori, shuning uchun ham ana shunday niqobni yaratishga ehtiyoj tug‘ilgan.
Jons Hopkins universiteti xabariga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 17 ming holat qayd etilgan. Vafot etganlar — 259 kishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter