Yana yuzlab kishilarda infeksiya aniqlandi. Ikki kishi vafot etdi
2020-yil 12-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 465 (+250) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 109 nafari Toshkent viloyatida, 108 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 7 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. (erkak) hamda Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Hozirda mamlakatimizda 7 149 nafar bemor shifoxonalarda davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter