Yana 17 kishida koronavirus aniqlandi
![Yana 17 kishida koronavirus aniqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/3/6/720_460_95_3630745090.jpeg)
2020 yil 20 aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1582 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, soat 23:00da bemorlar soni 1565 nafarni tashkil etgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida mamlakatda 17 ta yangi kasallanish holati aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda sog‘ayganlar soni 238 nafarni, vafot etganlar 5 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter