Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda koronavirusga chalingan O‘zbekiston fuqarosi haqida ma’lumot berildi

Xorijda koronavirusga chalingan O‘zbekiston fuqarosi haqida ma’lumot berildi

Avazbek Xojimetov

AOKA huzuridagi shtabda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Xojimetov ishtirokida onlayn brifing o‘tkazildi.

— Xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan bo‘lib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan, ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qo‘yilgan. Vaziyat elchixonamizning doimiy nazoratida, — dedi TIV vakili.

Avazbek Xojimetov, shuningdek, 23-martdan e’tiboran qo‘shni davlatlar bilan chegara o‘tkazish punktlari yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonning Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegaralarida ko‘plab fuqarolarimiz to‘planishi kuzatilayotgani haqida to‘xtalib, TIVga kelib tushgan ma’lumotga asosan, 25 mart soat 19:00 holatiga ko‘ra, Qozog‘istondan 1 450 dan ortiq, Qirg‘izistondan 550 dan ortiq fuqarolarimizni uyushgan holda chegaradan o‘tkazish masalasi hal qilinganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring