Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda marhumlarning qarindoshlari «koronavirusga oid haqiqatni» oshkor qilmoqchi

Xitoyda marhumlarning qarindoshlari «koronavirusga oid haqiqatni» oshkor qilmoqchi

Foto: «Bloknot.ru»

Xitoyning Uxan shahrida SARS-CoV-2 koronavirusi tufayli vafot etganlarning qarindoshlari Xitoy hukumatining sa’y-harakatlariga qaramay, 2020-yilda sodir bo‘lgan voqealar to‘g‘risidagi haqiqatni yetkazish uchun mamlakatga kelgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari bilan uchrashmoqchi, deya xabar bermoqda «Associated Press».

«Umid qilamanki, JSST mutaxassislari yolg‘onni tarqatish vositasiga aylanishmaydi. (...) Biz haqiqatni yuzaga chiqarishdan charchamaymiz. Bu jinoyat edi va JSST bu jinoyatlarni yashirish uchun Xitoyga kelganini istamaymiz», — dedi Chjen Xay. Uning otasi o‘tgan yili fevral oyida Uxanda COVID-19ga chalinib vafot etgan.

Xayning so‘zlariga ko‘ra, davlat epidemiya boshlanganda virus xavfidan og‘iz ochmagan va o‘lim holatlarini yashirgan. Endi esa uning yolg‘onini fosh qilishga urinayotgan marhumning qarindoshlariga bosim o‘tkazmoqda: u va boshqa faollarni bir necha bor so‘roq qilishdi hamda chet el matbuoti bilan aloqada bo‘lganligi uchun ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitishdi. JSST mutaxassislari Xitoyga uchib kelishganida davlat faollarning muloqot qiladigan chatlarini o‘chirib tashladi.

«Bizni yo‘qdek, davlatdan hisob-kitob talab qilmayotgandek qilib ko‘rsatishga urinmang, siz bizning barcha platformalarimizni yo‘q qildingiz, ammo biz baribir taslim bo‘lmasligimizni barchaga ma’lum qilmoqchimiz», — deya Xay epidemiya qurbonlari qarindoshlarining nomidan Xitoy davlatiga murojaat qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring