Koronavirusning havo orqali yuqish ehtimoli inkor etilmayapti
Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik eksperti Benedetta Allegransi COVID-19 ning havo orqali yuqish ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi, biroq barcha dalillarni tekshirish kerakligini aytdi.
«Odamlar ko‘p to‘planadigan, havo aylanmaydigan, yopiq jamoat joylarida virusning havo orqali yuqish ehtimolini inkor etib bo‘lmaydi. Biroq dalillarni to‘plab, ularni izohlash kerak va biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi Allegransi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 11,3 milliondan ziyod kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 532 mingdan ortiq kishi vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter