Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Virusolog koronavirus nega qaytalanishini tushuntirdi

Virusolog koronavirus nega qaytalanishini tushuntirdi

Foto: «Elgezit»

Rossiyalik virusolog, «Vektor» markazi laboratoriyasi sobiq rahbari Aleksandr Chepurnovning aytishicha, koronavirusdan tuzalganlarda virusga qarshi yarim yilgacha immunitet saqlanadi.

Kasallikdan sog‘ayganlarni kuzatishlar asosida mutaxassis shunday to‘xtamga keldi. Ularning aksariyatida sog‘ayganidan so‘ng oradan uch-to‘rt oy o‘tib antitanalar miqdori pasayishni boshlaydi yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketadi, tuzalgandan keyin besh-olti oy o‘tib esa hujayra immuniteti koronavirus antigeniga javob berishni to‘xtatadi.

«Kasallanish orqali virusga qarshi jamoaviy immunitet shakllanishiga boshqa umid yo‘q. Ilgari biz koronavirusga qarshi vaksina bilan emas, balki ommaviy kasallanish orqali jamoaviy immunitet hosil bo‘ladi deb o‘ylardik. Ammo adashibmiz», — dedi Chepurnov «URA.RU» bilan suhbatda.

Shuning uchun ham, masalan, aprel va may oylarida kovid bilan og‘riganlar oradan olti oy o‘tib yana kasallikni yuqtirib olish xavfi ostida qolishadi, qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring