Virusolog karantindan keyin saqlanib qoladigan choralar haqida aytib o‘tdi
Tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteyn «NSN» bilan suhbatda o‘z-o‘zini izolyasiyalash tartibi yengillashtirilgandan keyin ham keksalar uchun ba’zi bir cheklovlarni saqlab qolish kerakligini aytdi.
Ekspertning ta’kidlashicha, ushbu toifadagi odamlar uchun qat’iy taqiqlarga zarurat bo‘lmaydi.
«Albatta, keksalar tashqariga chiqishi, sayr qilishi zarur. Chunki boshqalar bilan aloqada bo‘lmasa, o‘zaro gaplashmasa, izolyasiya tartibiga zid emas», — dedi Altshteyn.
Shuningdek, yoshlar uchun ham qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida fikr yuritdi.
«Niqob taqish, ehtimol, saqlanib qolsa kerak», — deya taxmin qildi ekspert.
Virusologning fikricha, restoran, qahvaxona va do‘konlar uchun qoidalar ham o‘zgaradi. Koronavirusning ikkinchi to‘lqini kuzda qayd etilishi mumkin. Faqat u virusning zaiflashuvi tufayli kuchsizroq kechadi. Ustiga-ustak, aholining ma’lum qismi antitanachaga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter