Viloyatlar shifoxonalari koronavirusga qarshi kurashishga tayyormi?
Mamlakatimizdagi viloyatlar shifoxonalari koronavirus kasalligiga qarshi kurashishga qay darajada shay? O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov masalaga oydinlik kiritdi.
«Barcha viloyatlarda yuqori kompetensiyaga ega, ya’ni o‘qitilgan mutaxassislarimiz mavjud. Bundan tashqari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining viloyatlarda koronavirus epidemiyasi tarqalishiga qanday chek qo‘yish kerakligini biladigan mutaxassislari bor. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda biz tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganib chiqdik hamda mutaxassislarimizni o‘qitib, tayyorladik. Shuningdek, viloyatlardagi har bitta shifoxonada dezinfeksiya, individual himoya vositalari va dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan hamda puxta tayyorgarliklar ko‘rilgan», — dedi Alisher Shodmonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter