Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vaksina bilan emlanganlarda birorta ham o‘lim holati kuzatilmagan — JSST

Vaksina bilan emlanganlarda birorta ham o‘lim holati kuzatilmagan — JSST

Foto: «Hromadske»

Dunyoda koronavirus vaksinalari bilan bog‘liq emlash oqibatida birorta o‘lim holati kuzatilmagan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Tarik Yazarevich ma’lum qildi, deya yozmoqda TASS.

«Dunyo bo‘ylab, 9-mart holatiga, 268 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi emlangan va shu paytgacha ushbu vaksinalardan vafot etganlar umuman qayd etilmagan», — dedi Tarik Yazarevich.

Ushbu bayonot Daniya, Islandiya, Italiya va Norvegiyaning aholini «AstraZeneca» vaksinasi bilan emlashni to‘xtatganiga izoh sifatida keltirilgan.

«JSST bir nechta mamlakatlar «AstraZeneca» vaksinasi bilan emlashni, uni qabul qilgan odamlarda qon quyulishi kabi holatlar paydo bo‘lishi sababli, to‘xtatganligidan xabardor. Ushbu qaror faqatgina ehtiyot chorasi sifatida, to‘liq surishtiruv yakuniga qadar qabul qilingan», — ta’kidladi Yazarevich.

Uning aytishicha, COVID-19ga qarshi emlash boshqa sabablarga bilan sodir bo‘luvchi o‘lim holatlarini aslo kamaytirmaydi. «Boshqa sabablarga ko‘ra o‘limlar emlashdan oldin ham bo‘lgan, emlashdan keyin ham davom etaveradi, buning vaksinaga aloqasi yo‘q», — dedi rasmiy vakil.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring