Turkiyada bir kunda mingdan ziyod kishi koronavirusdan tuzaldi
Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni bir kecha-kunduzda 927 kishiga ko‘paydi, 17 nafar bemor vafot etdi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.
«Bugun 927 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. Jami kasallanganlar — 226 100. 17 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi, jami vafot etganlar — 5613. Bugun 1010 nafar bemor tuzaldi, jami — 209 487», — deb yozadi Koja «Twitter»da.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 15,5 million kishi koronavirusga chalingan, 635 ming kishi olamdan o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter