Vetnamda yanada xavfliroq va tajovuzkorroq yangi virus aniqlandi
Vetnamning Danang shahri va uning atrofidagi provinsiyalarda yangi tipdagi koronavirus chaqirgan koronavirus infeksiyasi tarqalishi qayd etildi — u oldingilariga qaraganda tajovuzkorroq va xavfliroq. Bu haqda Vetnam hukumati axborot portalida xabar berilgan.
Ayni vaqtda yangi tipdagi virusni yuqtirishning to‘rtta holati ma’lum — bemorlardan ikki nafari sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatiga ulangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, virus juda tez ko‘paymoqda va bemorlarning ahvolini juda tez yomonlashtirmoqda.
Ekspertlar virus paydo bo‘lishining ikkita yo‘lini taxmin qilishmoqda: mamlakatga noqonuniy muhojirlar bilan kirib kelishi yoki Danang shifoxonalaridan birida virusning mutatsiyaga uchrashi.
Jons Xopkins universiteti loyihasining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, Vetnamda 420 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan. Dunyo bo‘yicha umumiy kasallanganlar soni 16 milliondan oshib ketgan. Pandemiya dunyoning 188 mamlakatini qamrab olgan.
Yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi ilk bor 2019-yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida aniqlangan. 11-mart kuni JSST pandemiyani e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter