Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirollik koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan usullardan foydalanmoqda

Qirollik koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan usullardan foydalanmoqda

Foto: «Maqna.id»

4-iyuldan boshlab Iordaniyada uy karantiniga amal qilishni ta’minlash uchun qirollikka kelgan xorijliklarga elektron bilaguzuk taqib qo‘ya boshladi, deya xabar berdi «Arab News».

Iordaniyaga kelgan barcha boshqa davlat fuqarolari mamlakat poytaxti Ammon shahridan g‘arbda, O‘lik dengiz sohillarida hukumat tomonidan belgilangan mehmonxonalarda 14 kun bo‘lishi shart. Bu muddat o‘tgach ular uyda yoki boshqa mehmonxonada yana ikki hafta o‘zlarini izolyasiya qilishlari zarur.

Iordaniya COVID-19 tarqalishini cheklash maqsadida qat’iy cheklov choralari, jumladan, komendantlik soatlarini joriy etdi: uchuvchisiz uchar apparatlar — dronlardan foydalanmoqda. Iyun oyining boshlarida cheklov choralari biroz yengillashtirilgandi.

Hozirda qirollikda 1147 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ulardan 10 nafari vafot etdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi deyarli har kuni iordanliklar va chet elliklar orasida kasallikni yuqtirish holatlari qayd etilayotganini xabar berib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring