Turkiyada uch kecha-kunduz komendantlik soati joriy etiladi
Turkiya hukumati koronavirus bilan kasallanganlar soni ko‘paygani sababli juma kunidan yakshanbagacha to‘liq komendantlik soatini joriy etdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti» Turkiya Ichki ishlar vazirligiga asoslanib.
«23-aprel Milliy mustaqillik va bolalar kuni bo‘lganligi sababli, ushbu haftada 22-aprel soat 19:00 dan 26- aprel soat 05:00 gacha tashqariga chiqish cheklanadi», — deyiladi hujjatda.
Soat 10:00 dan 17:00 gacha faqat oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalarga borish, shifokorga ko‘rinish va itlarni sayr qilish uchungina uydan chiqishga ruxsat beriladi.
Turkiyada koronavirus bilan kasallanish holatlari kuniga o‘n minglab kishini tashkil etmoqda — o‘tgan juma kuni mamlakatda 63 mingdan ortiq kishi kasallikka chalindi — bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter