Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dezinfeksiyalovchi tonnellar koronavirusdan himoya qilmaydimi?

Dezinfeksiyalovchi tonnellar koronavirusdan himoya qilmaydimi?

Foto: «Vrk.news»

Dezinfeksiyalovchi tonnellar COVID-19 koronavirus infeksiyasidan himoya qilmaydi, biroq rotavirus va boshqa kontakt infeksiyalaridan asrashi mumkin, dedi Bonn universiteti tibbiyot fakulteti qoshidagi OIV tadqiqot va virusologiya instituti direktori, professor Xendrik Shtrik «RIA Novosti»ga bergan intervyusida.

Koronavirusga qarshi bunday moslamaning samarasi haqidagi savolga javob berarkan Shtrik shunday dedi: «SARS-CoV2 ko‘payishining asosiy o‘choqlari o‘pka va bronxlarda joylashgan. Shu bois tashqi dezinfeksiya samara berishi ehtimoli kamroq».

«Lekin yuza qismlarda uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin bo‘lgan kontakt infeksiyalar, masalan, rotavirus, norovirus kabi boshqa viruslarda dezinfeksiyaning ahamiyati katta, ayniqsa, qo‘llarni yaxshilab dezinfeksiyalash kerak. Faqat koronavirus uchun bu birinchi darajali dezinfeksiya hisoblanmaydi», — deya qo‘shib qo‘ydi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring