Tramp shifoxonalarda bo‘sh o‘rinlar ko‘payganidan mamnun
Koronavirus epidemiyasi eng og‘ir kechgan Nyu-York shtatidagi shifoxonalarda bemorlar soni kamaymoqda, deya xabar berdi AQSh prezidenti Donald Tramp.
«Shifoxonalarda bo‘sh o‘rinlarning kundan-kunga ko‘payayotgani juda yaxshi. Suzuvchi «Comfort» gospitali va «Javits» konferens-markazi (dala gospitali)dan Nyu-York shahri va shtatidagi shifoxonalarga 418 nafar shifokor, hamshira va respiratorli terapevtlarni yubordik. Ixtiyorimizda keragidan ortiq o‘rinlar bor. Bu yaxshi!» — deb yozgan Tramp «Twitter»da.
Nyu-York shtatida 180 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ulardan 8,6 ming nafari vafot etdi. Jami AQShda 526 ming kishi koronavirusni yuqtirdi, 20,5 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyo bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter