Tramp antikoronavirus choralariga e’tibor bermasdan urush faxriylari bilan uchrashdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy ma’muriyatining koronavirus infeksiyasi epidemiyasi davrida xavfsizlikka oid takliflarini e’tiborsiz qoldirib, respublikachilar partiyasi a’zolari hamda Ikkinchi jahon urushi faxriylari bilan niqobsiz urashdi. Bu haqda 9-may, shanba kuni «The Washington Post» xabar berdi.
Amerika yetakchisi xavfsiz joyda ekanligini va infeksiya yuqtirib olmaganini ma’lum qildi. Faxriylar bilan uchrashuv paytida u tibbiy niqob taqmagan va ijtimoiy masofani ham saqlamagan. Prezident va birinchi xonim Melaniya Tramp Ikkinchi jahon urushi yodgorligi yonida faxriylarning oilalari bilan birga bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter