«To‘ylarga 200-300 odam aytilyapti. Rahbarlar ham shu ishni qilyapti» – Abdulla Aripov
Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov karantin qoidalariga rioya qilmayotgan davlat idoralari rahbarlarini tanqid qildi.
«Hattoki, ba’zi rahbarlar ham 100 kishi mumkin ekan deb, to‘ylarni 200-300 kishilik qilib o‘tkazyapti. Davlat boshqaruv idoralarida rahbar lavozimlarida ishlayotganlarning o‘zi shuni qilyapti. Shunday ma’lumotlar ham yo‘q emas. Kerak bo‘ladigan bo‘lsa, bir-ikkita rahbar karantin talabini bajarmagani uchun ham ketadi. Bir necha bor ta’kidlanganiga qaramay, davlat idoralaridagi yopiq zallarda 2-3 soatlab majlislar o‘tkazilyapti», — dedi Abdulla Aripov.
Yig‘ilishda Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati tomonidan aholi o‘rtasida karantin cheklovlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratning yetarli darajada olib borilmayotganligi ham kasallanish holatining ortishiga olib borayotgani qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter