Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning «rangi» o‘zgarmadi, Toshkent viloyati esa... (3-qism)

Toshkentning «rangi» o‘zgarmadi, Toshkent viloyati esa... (3-qism)

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilinib, amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Jumladan, «Yashil» hududlarda to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga, «qizil» hududlarda to‘xtamagan holda avtobuslar harakatiga, 5-iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda BARChA HUDUDLARDA ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinishi belgilandi. Shuningdek, shaxsiy avtomobillarda viloyatlararo harakatlanish taqiqlandi.

Xo‘sh, qaysi hudud qanaqa rangda? (birinchi va ikkinchi qismlari)

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratilgan tuman (shahar)lar:

  • Toshkent shahar:

«Sariq»  hudud

Bektemir tumani, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirobod tumani, Olmazor tumani, Sergeli tumani, Uchtepa tumani, Yashnaobod tumani, Chilonzor tumani, Shayhontohur tumani, Yunusobod tumani, Yakkasaroy tumani.

  • Toshkent viloyati:

«Qizil» hudud

Bekobod shahri, Nurafshon shahri, Yangiyo‘l shahri, Oqqo‘rg‘on tumani,Zangiota tumani, Qibray tumani, Parkent tumani,Yangiyo‘l tumani, Toshkent tumani, Yuqori Chirchiq tumani.

«Sariq» hudud

Angren shahri, Chirchiq shahri, Bekobod tumani, Quyi Chirchiq tumani, O‘rta Chirchiq tumani, Chinoz tumani.

«Yashil» hudud

Olmaliq shahri, Ohangaron shahri, Ohangaron tumani,Bo‘stonliq tumani, Bo‘ka tumani, Piskent tumani.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring