Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentlik fuqaro tug‘ilgan kunida 13 nafar qarindoshiga koronavirus yuqtirdi

Toshkentlik fuqaro tug‘ilgan kunida 13 nafar qarindoshiga koronavirus yuqtirdi

Illyustrativ surat.

Foto:«BBC O‘zbek»

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholi orasida koronavirus tarqalish holatlari manbalarini ochiqladi. 

17-iyunda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 189 nafar bemorning 13 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, 18-iyun kuni esa 85 nafar bemordan 28 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi pasaygan bo‘lsa-da, aholi orasida koronavirusga chalinish holati keskin oshganini ko‘rish mumkin.

18-iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent viloyatida 14 nafar, Toshkent viloyatida 13 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafarni tashkil etdi.

Jumladan, Toshkent viloyatida Toshkent tumanida yashovchi fuqaroda, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro va uning uch nafar oila a’zosida, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 9 nafar fuqaroda, shuningdek, chaqiriq bo‘yicha tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qabul bo‘limiga olib kelingan bemorda kasallik qayd etilgan.

Bugun Soat 10 00 qadar kasallik aniqlangan 88 nafar bemordan 10 nafari Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan.

Jumladan, Yunusobod tumanida yashovchi taksi haydovchisida (o‘zi kelib namuna topshirgan), tana harorati ko‘tarilgach shifokorga murojaat qilgan Olmazor tumanida yashovchi uy bekasida, Uchtepa tumanida yashab, Sergeli tumanida oziq-ovqat do‘konida ishlovchi sotuvchida, xuddi shu tumandagi tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan uy bekasining( shu yilning 13 iyunidan tana harorati ko‘tarila boshlagan) o‘g‘li va qizida hamda yana Uchtepa tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorda (o‘zi borib tahlil topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaroda (12 iyundan tana harorati ko‘tarila boshlagan) ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Mazkur kasallik aniqlangan fuqarolarning aksariyati tana harorati ko‘tarilgach, shifoxonaga murojaat qilishgan va namuna topshirishgan.

Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, koronavirus aniqlangan poytaxtlik fuqaro tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazgan tadbirida ishtirok etgan 13 nafar oila a’zosi va qarindoshlariga yuqtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring